Umra tadbirlarini tashkil etishda reklama qonunchiligini buzgan shaxslarga chora koʻrildi
Raqobat qoʻmitasining Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tarmoqlarida joylashtirilgan materiallarni “Reklama toʻgʻrisida”gi qonun talablariga mosligi yuzasidan tekshiruv oʻtkazildi.
Turoperatorlar tomonidan “Umra” tadbirini tashkil etish va oʻtkazishga oid reklamalarning qonuniyligi oʻrganilganda Fargʻona shahrida yashovchi fuqaro R.A.ga tegishli “Umra Safari 2025” telegram tarmogʻi, Margʻilon shahrida yashovchi fuqaro M.O.ga tegishli boʻlgan “Saudiyaga Sayohat Muhammadyusuf” telegram tarmogʻi hamda Yozyovon tumanida yashovchi fuqaro R.A.ga tegishli “Makka Madina Sayohat” telegram tarmoqlarida litsenziya hujjatlari mavjud boʻlmagan holda reklamalar joylashtirilgani aniqlangan.
Mazkur qonunbuzilish holatlari yuzasidan kanal boshqaruvchilariga nisbatan “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilishi alomatlari bilan ishlar qoʻzgʻatilib, tegishli hujjatlar koʻrib chiqish uchun sud organlariga yuborilgan.
“Litsenziyaga ega boʻlmasdan reklama materiallari tarqatayotgan axborot resurslarini yurituvchi shaxslarga aniqlik kiritish maqsadida Ichki ishlar vazirligi, Kiberxavfsizlik markaziga murojaat qilindi. Ushbu oʻrganish yakunlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tegishli choralar koʻrilishi taʼminlanadi”, — deyiladi qoʻmita xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring