“Ulli hovli” majmuasida “Organic food festival” hamda “Taste of Uzbekistan” festivallari boʻlib oʻtdi
Xorazm viloyatining Urganch tumanida joylashgan tarixiy “Ulli hovli” majmuasida mamlakatimizning gastronomik turizm salohiyatini namoyish etish va targʻib qilish maqsadida “Organic Food Festival” va “Taste of Uzbekistan” nomlari ostida milliy va organik taomlar festivali oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-135-sonli qaroriga muvofiq boʻlib oʻtgan festivalda oʻzbek milliy taomlari, shuningdek, turkman, tatar, qozoq, koreys va rus milliy taomlari, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining koʻrgazmasi tashkil etildi.
Bundan tashqari hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazmasi, folklor jamoalari chiqishlari, milliy liboslar namoyishi, milliy taomlar tayyorlash boʻyicha master-klasslar hamda agroturizm mahsulotlari yarmarkasi ham boʻlib oʻtdi.
Xorijiy va mahalliy minglab sayyohlarni oʻziga jalb etgan festivalda mehmonlar oʻzbek hamda turli xalqlar milliy taomlarining tayyorlanishi jarayonlarini bevosita kuzatish va taʼtib koʻrish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring