Ukrainaning birinchi prezidenti Leonid Kravchuk vafot etdi
Foto: РИА «Новости»
Ukrainaning birinchi prezidenti Leonid Kravchuk vafot etgan. Bu haqda Ukraina OAV siyosatchining oilasiga tayanib xabar bermoqda. Xabarlarga koʻra, Loyenid Kravchuk uzoq davom etgan xastalikdan soʻng hayotdan koʻz yumgan. U joriy yilning yanvar oyida 88 yoshga toʻlgan edi.
Loyenid Kravchuk 1991-yilning sentyabr oyida Ukrina prezidenti etib saylangan edi. U 1994-yilgacha mamlakatni boshqaradi. Oʻsha yili muddatidan oldin oʻtkazilgan saylovda Leonid Kuchmaga yutqazgan edi. Shundan soʻng Kravchuk 1998 va 2002 yillada Ukraina Oliy Radasi deputati etib saylanadi va 2006-yilda siyosiy faoliyatini tugatadi.
Leonid Kravchuk 2021-yilning 29-iyun kuni yuragidan jarrohlik amaliyotini oʻtkazadi va uzoq muddat jonlantirish boʻlimida qoladi. Sentyabr oyiga kelib reabilitatsiyadan oʻtadi. Oʻsha paytda uning oilasi muolaja muvaffaqiyatli oʻtganini maʼlum qilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring