Ukrainaning bir fuqarosi toʻrt marotaba koronavirus bilan kasallandi — OAV
Ukrainaning Xarkov shahrida yashovchi bir erkak toʻrt marta koronavirus bilan kasallangan. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
Shahar 17-sonli shahar klinik shifoxonasi shifokori Roman Yeliseyev jurnalistlarga maʼlum qilishicha, bemorda qoʻshimcha kasalliklar borligi tufayli, uning organizmi antitanachalar ishlab chiqarmagan. Uning aynan qanday kasalliklar bilan ogʻrigani ochiqlanmagan.
Ukrainada pandemiya boshlanganidan beri 1,8 milliondan ortiq odam “COVID-19” bilan zararlangan, 38 mingdan ortiq bemor ushbu infeksiya asoratlaridan vafot etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring