Ukrainadan evakuatsiya qilingan oʻzbekistonliklar boʻlgan birinchi samolyot Toshkentga qoʻndi
Foto: UzA
Joriy yilning 28-fevral kuni Ukrainadan evakuatsiya qilingan fuqarolarning birinchi guruhi Oʻzbekistonga qaytib keldi.
Ukrainadan evakuatsiya qilingan oʻzbekistonliklar olib kelinayotgan samolyot Polshaning Katovitse shahri aeroportidan qaytdi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 262 nafar Oʻzbekiston fuqarosi vatanimizga qaytarilgan, samolyot Toshkentga qoʻngan.
Koʻplab vatandoshlar hali ham Ukrainaning Lvov shahridan Polshaga chegarani kesib oʻtishni kutishmoqda. TIV vatandoshlar oziq-ovqat bilan taʼminlangani, keksalar va yosh bolali ayollarning dam olishi uchun sharoit yaratilganini taʼkidladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring