Ukrainadagi otishma va havo hujumlari oqibatida 25 nafar tinch aholi vakili halok boʻlgan, 102 nafari tan jarohati olgan — BMT
Foto: Emilio Morenatti/AP
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi rasmiy vakili Ravina Shamdasanining aytishicha, bu maʼlumotni vaziyatni kuzatayotgan departament xodimlari taqdim etgan.
Uning soʻzlariga koʻra, departament kamida 127 nafar tinch aholi vakili oʻldirilgan yoki yaralangani haqida xabarlar olgan. Shamdasanining qoʻshimcha qilishicha, qurbonlar haqidagi maʼlumotni tasdiqlash qiyin va ularning haqiqiy soni ancha koʻp boʻlishi mumkin.
Oldinroq, Ukraina sogʻliqni saqlash vaziri Viktor Lyashko Ukrainadagi jangovar harakatlarning birinchi kunida 57 kishi halok boʻlgani, 169 kishi yaralangani haqida maʼlum qilib, "Biz hozir harbiy va noharbiy yoʻqotishlarni ajratmayapmiz — bular ukrainaliklar", degan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring