Ukraina Rossiya hududlari va energetika obyektlariga hujumlarni kuchaytirmoqda — OAV
Foto: Reuters
Frontdagi muvaffaqiyatsizliklar, Ukraina Qurolli kuchlarida oʻq-dorilar hamda shaxsiy tarkib etishmasligi bilan bogʻliq bir qator muammolar fonida Rossiya hududlari va uning energetika obyektlariga hujumlar uchun uzoq masofali uchuvchisiz samolyotlardan foydalanishga tayanmoqda. Bu haqda «The Wall Street Journal» xabar bermoqda.
«Ukraina Rossiya hududiga chuqur zarbalar berish kampaniyasini kuchaytirmoqda. Jang maydonidagi muvaffaqiyatsizliklarga duch kelgan Ukraina uzoq masofali uchuvchisiz samolyotlardan foydalanib, rus qoʻshinlari bilan front chizigʻining ancha orqasiga kirib, neftni qayta ishlash zavodlari, aerodromlar, logistika yoʻllari, boshqa hududlarga zarba bermoqda», — deyiladi nashrda.
Gazetaning iqtibos keltirishicha, bunday dronlarni ishlab chiqaradigan zavodning nomi oshkor etilmagan egasi Ukraina Qurolli kuchlaridan «haligacha bajara olmaydigan koʻplab buyurtmalar» olayotganini aytgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring