Ukraina Qurolli Kuchlari uzoq urushga tayyorgarlik koʻrishi kerak — NATO Bosh kotibi
Foto: Reuters
NATO Bosh kotibi Ukraina Qurolli Kuchlarining muvaffaqiyati haqida gapirib, ularni uzoq urushga tayyorgarlik koʻrish kerakligini taʼkidladi
NATO Ukraina Qurolli Kuchlarining Xerson va Xarkov yaqinidagi baʼzi muvaffaqiyatlarini koʻrmoqda, ammo uzoq urushga tayyorgarlik koʻrishi va ukrainalik harbiylar oʻn minglab qishki kiyim-kechaklar bilan taʼminlanishi kerak.
Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuv yakunlari boʻyicha oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.
“Ukraina armiyasining soni oʻsdi va uning qishga tayyorlanishini taʼminlash, jumladan, oʻn minglab qishki kiyim-kechaklarni joʻnatish zarur”, deydi Bosh kotib.
Uning qoʻshimcha qilishicha, Alyans davlatlari hatto oʻzlarining mudofaa qobiliyatiga zarar yetkazgan holda Kiyevga qurol yetkazib berishni koʻpaytirishi kerak. Chunki NATO Ukrainadagi urushni oʻz xavfsizligini taʼminlash elementi deb biladi. Shimoliy Atlantika alyansi sharqiy chegarada yangi kuchlarni joylashtirmoqda.
Maʼlumki, Rossiya joriy yilning 24-fevralidan beri Ukraina hududida “maxsus harbiy amaliyot” oʻtkazmoqda. Bu xalqaro hamjamiyat, nufuzli tashkilotlar va kompaniyalarning keskin eʼtiroziga sabab boʻlmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring