Ukraina hukumati 50 ta korxonani mamlakat gʻarbiga olib oʻtgan

02:10 20 Mart 2022 Dunyo
1325 0

Foto: delfi.lt

Ukraina hukumati mamlakatning sharqiy va markaziy viloyatlaridan 50 ta korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini gʻarbga olib oʻtgan. 

Bu haqda “Xalq xizmatkori” partiyasi rahbari Yelena Shulyak aytib oʻtdi, deya xabar bermoqda “TASS”.

“50 ta korxona mamlakatning «qaynoq” nuqtalaridan koʻchirildi. Evakuatsiya qilish uchun murojaatlar soni doimiy ravishda oʻsib bormoqda. Bugungi kunda ularning soni 700 taga yetdi», dedi Shulyak.

Uning qoʻshimcha qilishicha, bunday soʻrovlar oziq-ovqat, yogʻochsozlik, toʻqimachilik, yoqilgʻi, kimyo sanoati, shuningdek, tibbiyot va mashinasozlik sohalari vakillaridan kelib tushmoqda.

Partiya rahbarining tushuntirishicha, birinchi navbatda strategik ahamiyatga ega zarur mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi korxona va kompaniyalar koʻchirilmoqda.

24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin LXR va DXR rahbarlarining yordam soʻroviga javoban Donbassni himoya qilish boʻyicha “maxsus harbiy operatsiya” oʻtkazishga qaror qilganini maʼlum qildi. Shundan soʻng Rossiya harbiy kuchlari Ukraina hududiga kiritildi. Bunga javoban Ukraina Rossiya bilan diplomatik aloqalarini uzdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер