Ukraina birinchi ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazdi
Foto: Newsweek
Kiyev oʻzining mamlakatda ishlab chiqarilgan oʻzining ilk ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazdi, deb maʼlum qildi prezident Vladimir Zelenskiy Kiyevdagi matbuot anjumanida. Bu haqda “Newsweek” xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Ukraina Rossiya bilan davom etayotgan mojarolar sharoitida mudofaa texnologiyalari boʻyicha oʻsib borayotgan imkoniyatlarini koʻrsatib qoʻyish maqsadida bu sinovlarni oʻtkazgan. Raketa sinovi Ukrainaning harbiy strategiyasi uchun uzoq muddatli harakat rejasining bir qismi boʻlishi mumkin.
Ukraina Mudofaa vaziri Rustem Umerov Rossiyaning dron hujumlariga qarshi turish uchun mamlakat oʻz qurollarini ishlab chiqarishi zarurligini bildirgan. Kiyev Gʻarb ittifoqchilaridan uzoq masofaga uchuvchi raketalarni olgan boʻlsa-da, Rossiya hududida ulardan foydalanishga cheklovlar ularning samaradorligini cheklaydi. Ukrainaning oʻz harbiy texnologiyasini rivojlantirishga eʼtibor qaratishi ushbu cheklovlarni yengib oʻtishga qaratilgan.
Xavfsizlik boʻyicha ekspert Viktoriya Vdovichenko Ukraina harbiy texnologiyalar innovatsiyalari markaziga aylanib borayotganini taʼkidlab, uni “harbiy Silikon vodiysi”ga qiyosladi.
Qayd etish kerakki, Ukraina kompaniyalari dron tizimlari kabi ilgʻor mudofaa texnologiyalarini faol ishlab chiqarmoqda. Zelenskiy Ukraina mudofaa sanoatining saʼy-harakatlarini yuqori baholagan, ammo yangi raketa haqida batafsil maʼlumot bermagan.
Shuningdek, Ukraina rahbari mamlakat joriy yilda 2 million donagacha dron ishlab chiqarishi mumkinligini aytib oʻtgan. Shunga qaramasdan, buni kim yoki qaysi davlat moliyalashtirishi nomaʼlumligicha qolgan.
Ukrainalik general Aleksandr Sыrskiyning xabar berishicha, ukrainalik qoʻshinlar Rossiya nazoratidagi 500 kvadrat milyalik yerni egallab olgan. Ushbu harbiy muvaffaqiyatlar Rossiya kuchlarini Pokrovsk va Kuraxov kabi muhim hududlardan chalgʻitish boʻyicha kengroq strategiyaning bir qismidir.
Avvalroq, Makkada qiyin ahvolda qolgan oʻzbekistonlik Vatanga qaytarilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring