Ukraina armiyasi prezident Vladimir Zelenskiyga qarshi chiqishi mumkin — harbiy ekspert

20:05 16 Yanvar 2024 Dunyo
467 0

Foto: AP

Ukraina armiyasi prezident Vladimir Zelenskiyga qarshi chiqishi mumkin. Bu fikrlarni AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq xodimi Larri Jonson aytib oʻtdi.

“Yagona savol, harbiylar Zelenskiyni davlat toʻntarishi natijasida oʻldiradimi yoki u qochib Shveysariya yoki Italiyada boshpana topishga muvaffaq boʻladimi”, deydi Jonson.

Ekspertning fikricha, Kiyev rejimi rahbari oʻz mamlakati ichida siyosiy qoʻllab-quvvatlashni yoʻqota boshlagan. Shu bilan birga, AQSH Ukraina prezidentining taqdiri kelajakda nima boʻlishidan manfaatdor emas.

“Ukraina tuzatib boʻlmaydigan darajada shikastlangan kema. U choʻkmoqda”, — deya xulosa qiladi Jonson.

Soʻnggi paytlarda Ukraina ommaviy axborot vositalari Zelenskiy va Zalujniy (general Valeriy Zalujniy, Ukraina Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondoni) oʻrtasidagi qarama-qarshilik kuchayib borayotgani haqida koʻproq yozmoqda.

Bosh qoʻmondonning “The Economist” jurnaliga bergan intervyusi koʻplab shov-shuvlarga sabab boʻldi. Unda Zalujniy Ukraina Qurolli kuchlari boshi berk koʻchaga kirib qolganini aytdi. Bu bayonot davlat rahbarining keskin tanqidiga sabab boʻlib, uni rad etishga shoshildi.

Oʻtgan yilning 19-dekabr kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Vladimir Zelenskiy Bosh shtab unga qoʻshimcha 450-500 ming kishini safarbar etish iltimosi bilan murojaat qilganini aytdi. Keyinroq Zalujniy “Rada” telekanalida harbiy qoʻmondonlik Zelenskiyni yolgʻonchilikda ayblab, 500 ming kishini safarbar qilish haqida soʻrov bermaganini aytdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер