Ukasining pullarini oʻgʻirlagan aka qonun oldida javob beradi

21:55 13 Oktyabr 2020 Jamiyat
884 0

2020-yilning 11-oktyabr kuni soat 10:40 da 27 yoshli T.Sh. ukasi 26 yoshli X.N.ning Fargʻona shahar, A.Qodiriy koʻchasida joylashgan xonadon eshigini oʻzida boʻlgan kalit bilan ochib kirib, yotoqxonadagi javonda boʻlgan 8.600 AQSH dollari miqdoridagi pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Fargʻona shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan T.Sh.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi «v» bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Dastlabki tergov jarayonida T.Sh. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan, yetkazilgan moddiy zarar oʻrni tergov jarayonida toʻliq qoplangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер