Uyqusizlik va quloqdagi shovqin: Yerda xavotirli hodisa kuzatilmoqda

17:08 11 Aprel 2026 Ilm-fan
305 0

Illyustrativ foto

Britaniyaning “Daily Mail” nashri Yerda kuzatilayotgan sirli tebranishlar kuchaygani va bu ayrim odamlarda uyqusizlik hamda quloqda shovqin paydo boʻlishiga sabab boʻlayotgani haqida xabar berdi.

Nashr maʼlumotiga koʻra, soʻnggi bir haftadan ortiq vaqt davomida “gʻuvullayotgan” tebranishlar kuchayib, baʼzi insonlar uyqu buzilishi va quloqqa yoqimsiz shovqin paydo boʻlayotganini bildirgan. Bu holat Shuman rezonansi deb ataladigan tabiiy hodisa bilan bogʻlanmoqda.

Shuman rezonansi — Yer yuzasi va ionosfera oʻrtasida chaqmoqlar taʼsirida yuzaga keladigan barqaror elektromagnit toʻlqinlar tizimi hisoblanadi. Nashrning yozishicha, kosmik ob-havoni kuzatishga moʻljallangan “MeteoAgent” ilovasi qariyb bir haftadan buyon ushbu koʻrsatkichlarning keskin oshganini qayd etib, ularni yuqori va ehtimoliy xavfli daraja sifatida baholagan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri “gravitatsiya ogʻirlashgandek tuyulyapti, quloqlarimda shingʻillash bor, hatto koʻrishim ham xiralashdi” deya fikr bildirgan. Biroq bunday holatlar ilmiy jihatdan toʻliq isbotlangani yoʻq.

Olimlarning taʼkidlashicha, Yerdagi bunday tebranishlarga Quyoshdagi chaqnashlar va magnit boʻronlari ham taʼsir koʻrsatishi mumkin. Ularning kuchi va turiga qarab, bu omillar Shuman rezonansiga qoʻshimcha taʼsir oʻtkazishi ehtimoldan xoli emas.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?