Uychi tumani 4 ta sektor rahbari ishdan olindi
Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Uychi tumani toʻrtta sektor rahbarlari lavozimidan ozod qilindi.
Sessiyada Shavkat Mirziyoyev Uychi tumani iqtisodiy koʻrsatkichlari boʻyicha respublikada eng oxirgi oʻrinda ekani, qarorlar ijrosi bajarilmayotgani, tumanda mahallabay ishlash tizimi yaxshi yoʻlga qoʻyilmagani va boshqa kamchiliklari tufayli tuman hokimi boshchiligidagi toʻrtta sektor rahbarini lavozimidan ozod etish haqida koʻrsatma berdi.
Eslatib oʻtamiz, Uychi tumaniga 2018-yil avgust oyidan buyon Muxammadayubxoʻja Apaqov rahbarlik qilib kelayotgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring