Uy-joyga toʻlov qilib, ham uysiz ham pulsiz qolgan fuqaro murojaati ijobiy hal etildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakiliga fuqaro R.P. uy-joy sotib olish boʻyicha tuzilgan shartnoma shartlari bajarilmagani boʻyicha murojaat qildi.
Murojaatchining soʻzlariga koʻra, 3 yil avval Urganchdagi qurilish MCHJ bilan koʻp qavatli uylardan xonadon sotib olish boʻyicha shartnoma tuzgan va 75 mln soʻm toʻlagan.
Shartnoma shartlariga koʻra, quruvchi obyektni 2023-yil 6-yanvarga qadar egasiga topshirilishi kerak boʻlgan uy hozirga qadar qurib bitkazilmagan. Fuqaro R.P. MCHJ direktoriga shartnomani bekor qilish va toʻlagan pullarini qaytarishini soʻrab bir necha marta murojaat qilishiga qaramay natija boʻlmagan.
Ushbu murojaatga ilova qilingan hujjatlar oʻrganilib, MCHJ egasiga shartnoma shartlarining qoʻpol ravishda buzilgani va uning huquqiy oqibatlari hamda murojaatchining ijtimoiy himoya muhtoj ekanligi tushuntirildi.
Ish sudgacha yetib bormay murojaatchining quruvchiga toʻlagan 75 mln soʻm puli qisqa muddatda toʻliq qaytarib berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring