Uy-joyda umumiy quvvati 100 kVt.gacha boʻlgan qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soligʻini toʻlashdan ozod etilishi belgilanyapti
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni jadallashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan koʻrib chiqildi.
Yuridik shaxslar umumiy quvvati 100 kVtga.cha boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali elektr energiyasini ishlab chiqarib umumiy tarmogʻiga sotganda foyda soligʻi hamda ular boʻyicha mol-mulk va yer soligʻini toʻlashdan ozod etilishi nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, uy-joyda umumiy quvvati 100 kVt.gacha boʻlgan qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soligʻini toʻlashdan ozod etilishi belgilanyapti.
Deputatlarning taʼkidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi aholi va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish orqali respublika hududlarida energiya taqchilligini bartaraf etish, investorlar uchun qulay sharoitlar va ragʻbatlantirish mexanizmlarini belgilash imkonini beradi.
Majlisda muhokamalardan soʻng qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring