Uchtepa, Yakkasaroy, Bektemir tumanlarida gaz ta'minoti qisman to‘xtatiladi
Qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida poytaxtimizning Uchtepa, Yakkasaroy, Bektemir tumanlari gaz ta'minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan ushbu tumanlarning ba’zi mahalla va ko`chalarida 29-30-noyabr kunlari gaz ta'minoti to‘xtatiladi.
Uchtepa tumanida 29-noyabr kuni 11:00 dan 17:00 gacha:
— 13-mavzedagi 6 ta ko`p qavatli uylar, 480 ta yerli xonadonlarda;
— Ulgurji iste`molchilar — 2 ta.
Yakkasaroy tumanida 30-noyabr 11:00 dan 17:00 gacha:
— «Qushbegi» mahallasi;
— «Meros» mahallasi;
— «To`qimachi» mahallasi;
— «Muhandislar» mahallasi;
— Ulgurji iste`molchilar — 42 ta.
Bektemir tumanida 30-noyabr 10:00 dan 18:00 gacha:
— Husayn Bayqaro mahallasi;
— «Bektemir» mahallasi;
— «Oltintopgan» mahallasi;
— Abay mahallasi;
— «Musaffo» mahallasi;
— «Sohil» mahallasi;
— Ulgurji iste`molchilar — 284 ta.
“Hududgaz Poytaxt” GTF noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring