Uchmada  yangi bogʻcha foydalanishga topshirildi

11:23 05 Yanvar 2021 Jamiyat
898 0

Forish tumanining togʻli “Uchma” mahalla fuqarolar yigʻinida davlat- xususiy sherikchiligi asosida yangi 100 oʻrinli maktabgacha taʼlim muassasasi qurib foydalanishga topshirildi.

- Uzluksiz taʼlimning boshlangʻich boʻgʻini hisoblangan mazkur muassasaning ish boshlashi bilan mahalladagi aholi farzandlari yaʼni maktabgacha yoshdagi bolalarning qamrovi 15 foizga oshdi, - deydi Jizzax viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Nuriddin Ergashev. – Galdagi vazifamiz tumanning boshqa mahallalarida ham tadbirkorlar bilan hamkorlikda zamonaviy koʻrinishdagi, innovatsion imkoniyatlarga ega maktabgacha taʼlim muassasalarini qurib foydalanishga topshirish.

Ayni vaqtda tumanda 13 ta davlat, 5 ta davlat-xususiy sherikchilik asosida, 56 ta oilaviy nodavlat va 38 ta qisqa muddatli maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyat koʻrsatmoqda. Ularda 5296 nafar jajjilar tarbiyalanayotgan boʻlib, tuman boʻyicha ularning qamrovi 72 foizni tashkil yetadi.

Tolibjon ERGASHEV,

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер