Uchkoʻprikda lavanda sayli oʻtkaziladi

19:43 26 May 2022 Jamiyat
944 0

Foto: Халқ сўзи

Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik tumanida 2021-yili ilk bor lavanda festivali oʻtkazilib, unda mamlakatimizning turli hududlari, uzoq-yaqin davlatlardan minglab sayyohlar ishtirok etgan edi.

Shu yilning iyun oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan navbatdagi festival dasturidan lavanda guli va iforidan tayyorlangan mahsulotlar koʻrgazmasi, papayya, banan, godji, kivi, zaytunzorlardan iborat salomatlik bogʻi boʻylab ekosayohat, tibbiyot turizmi va mutaxassislar koʻrigi, turli konsert va shou-tomoshalar oʻrin olishi koʻzda tutilmoqda.

Uchkoʻprik tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Azizbek Ermatovning maʼlum qilishicha, sayyohlar lavanda bogʻlarining takrorlanmas goʻzalligidan bahramand boʻlishlari, maxsus retsept asosida tayyorlangan lavandali taomlar, muzqaymoq va salqin ichimliklardan bahramand boʻlishlari uchun barcha sharoit yaratilyapti. Shuningdek, tashrif buyuruvchilarga lavandazorda unutilmas fotosessiyalar tashkil etish imkoniyati ham taqdim etiladi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер