Uch yillik kafolat bir oyga ham bormadi

16:22 29 Yanvar 2019 Iqtisodiyot
2332 0

Illyustrativ foto

Amudaryo tumani Mangʻit shahri Abdulla Qahhor koʻchasida yashovchi fuqaro B.Xaitbayevning, 2018 yil 1 noyabr kuni Mangʻit shahri Dehqon bozorida joylashgan doʻkondan 2 500 000 soʻmga “Roison” kompaniyasi televizorini 3 yil kafolat muddati bilan sotib olganligi, lekin oradan bir oy oʻtar-oʻtmas, yaʼni shu yilning dekabr oyida televizor ishdan chiqqanligi haqidagi murojaat “Ishonch telefoni” 1091 orqali roʻyxatga olindi.

Ushbu murojaat boʻyicha Amudaryo tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan surushtiruv ishlari olib borildi va vaziyat oʻrganib chiqildi. Isteʼmolchi haqligi aniqlangach, sotuvchi bilan isteʼmolchi huquqlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi va nosoz televizor yangisiga almashtirib berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер