Uch hududda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan shaxslar qoʻlga olindi

15:16 19 Mart 2025 Jamiyat
196 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz shahri boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Unga koʻra, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar S.H.va S.D. fuqaro M.A.ga 4 ming AQSH dollarini 51,6 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Shuningdek, Departamentining Koson tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida “Navnihol” MFY hududidagi “Alatun dehqon oziq-ovqat bozori” oldida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan A.Sh. fuqarolar Sh.N. va N.T.dan 3 ming 500 AQSH dollarini 44,9 million soʻmga sotib olgan vaqtida ushlangan.

Tadbir davomida 1 ming 600 AQSH dollari va 67,6 million soʻm pul mablagʻlari ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.

Shu kabi yana bir holat, Departamentning Oltinsoy tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.

Maʼlum boʻlishicha, fuqaro S.E. fuqaro A.A. dan 3 ming 300 AQSH dollarini 42,4 million soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushgan.

“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi Departament xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер