Ucell kompaniyasi aloqa va saytdagi texnik nosozliklarga izoh berdi hamda uzr soʻradi
Bugun, 27-fevral kuni Ucell mobil operatori faoliyatida uzilishlar roʻy berdi. Bunday holatlar taxminan soat 12:00dan boshlandi. Foydalanuvchilar esa aloqa yoʻqligidan shikoyat qilishdi.
Ular aloqa ham, uyali aloqa ham yoʻqligini xabar berishdi. Soat 13:25 da texnik nosozliklar ushbu uzilishlarga sabab etib koʻrsatildi. Buning ketidan soat 16:25dan kompaniya sayti ham ishlamay qoldi.
Kompaniya oʻzining Feysbukdagi sahifasida texnik nosozlik bilan bogʻliq vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr soʻragan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring