U-20 Osiyo kubogi. Oʻzbekiston oʻz yurishini gʻalaba bilan boshladi
Foto: OʻFA
Xitoyning Shinjen shahrida futbol boʻyicha 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasida Osiyo kubogi start oldi. Qitʼa birinchiligining amaldagi chempioni hisoblangan Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi ham oʻz yurishini boshladi.
Vakillarimiz bugun, 13-fevral kuni musobaqaning 1-turida Yamanni qiyinchilik bilan magʻlub etdi. Muhammadali Oʻrinboyevning 26-daqiqada urgan goli bahs taqdirini hal qildi. Shu tariq, yoshlarimiz musobaqani gʻalaba bilan boshlashdi.
Guruhning ikkinchi oʻyinida Eron va Indoneziya oʻzaro toʻqnash keladi.
Farhod Nishonov shogirdlari 2-turni 16-fevral kuni Indoneziyaga qarshi oʻtkazadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring