Tverdagi Aerokosmik mudofaa qoʻshinlari markaziy ilmiy-tadqiqot institutida yongʻin yuz berdi. Halok boʻlganlar bor (Fotoreportaj)
Foto: mk.ru
Rossiyaning Tver shahridagi Aerokosmik mudofaa qoʻshinlari markaziy ilmiy-tadqiqot institutida yuz bergan yongʻin oqibatida halok boʻlganlar soni yetti nafarga yetdi
Bu haqda favqulodda xizmatlardagi manbaga tayanib, “TASS” xabar bermoqda. “Ayni damda yetti kishi halok boʻldi”, deyiladi manbada.
Yana oʻnlab odamlar turli darajada tan jarohati olgani aytilmoqda. Voqea joyida 14 tez tibbiy yordam brigadasi va boshqa favqulodda xizmatlar ishlamoqda. Yongʻinni oʻchirish uchun maxsus vertolyot jalb etilgan.
Maʼlum qilinishicha, yongʻin maydoni bir yarim ming kvadrat metrni tashkil etgan. Binoning tom qisman qulagan. Mudofaa vazirligi yongʻin maʼmuriy binoning ikkinchi qavatida boshlanganini bildirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring