Tursunoy Rahimova magʻlubiyatga uchradi
Bokschi qizimiz Tursunoy Rahimova Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlaridagi navbatdagi bahsini oʻtkazdi. Bu gal u oʻz vaznining birinchi saralangan sportchisiga qarshi ringga koʻtarildi.
-51 kg vazn toifasida bahs olib borgan bokschimiz turkiyalik Buse Naz Chaqiroʻgʻlu bilan kechgan murosasiz jangda yurtimiz shaʼnini munosib himoya qildi. Biroq hakamlarning qarori yakunda turkiyalik bokschining gʻalabasini eʼtirof etdi 3:2.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring