Turkmanistonning yetakchi yangiliklar portali Oʻzbekistonda kechayotgan islohotlar haqida yozdi

06:32 31 Avgust 2023 Dunyo
781 0

Turkmanistonning yetakchi “ORIENT” yangiliklar portalida Oʻzbekistonda  amalga oshirilayotgan islohotlarga bagʻishlangan turkum maqolalar eʼlon qilindi.

Mamlakatimiz hayotiga bagʻishlangan materiallardan birida Oʻzbekiston Afgʻoniston orqali Pokistonga tranzit yuk tashishni kengaytirish niyatida ekani maʼlum qilingan. “Oʻzbekiston delegatsiyasining Afgʻonistonda boʻlishi chogʻida Afgʻoniston va Pokiston orqali Hind okeani portlariga chiqish uchun xalqaro transport yoʻlagini shakllantirish, ikki davlatning transport logistika korxonalari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro avtomobil tashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi”, - deyiladi maqolada.

Bundan tashqari, turkman elektron nashri Oʻzbekiston joriy yilning yanvar oyidan iyul oyigacha 7,3 mingta elektromobil import qilgani haqidagi maʼlumotni oʻz mushtariylari oʻrtasida tarqatdi. “Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan qariyb olti barobar koʻpdir, - qayd etadi manba. - Xitoy elektr transport vositalarining asosiy yetkazib beruvchisi boʻlib qolmoqda”.

“ORIENT” yangiliklar portali, shuningdek, Oʻzbekiston transport vazirining oʻrinbosari Ilhomjon Abdugʻoforovning Jahon banki va YTTB koordinatorlari bilan uchrashuvi haqidagi xabarni ham oʻz  platformasida joylashtirdi. “Muloqot chogʻida Toshkent – Samarqand va Toshkent – Andijon avtomobil yoʻllarini DXSH asosida qurish loyihalari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hamda pullik yoʻllar boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi”, -deb taʼkidlangan axborotda.

Bundan  tashqari, mazkur nashrda Ostona shahrida Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston energetika hamda suv xoʻjaligi idoralari vakillarining uchrashuvi boʻlib oʻtgani, unda  suv-energetika sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilingani qalamga olingan.

“Uchrashuvda yaqinlashib kelayotgan kuz-qish mavsumida elektr energiyasi yetkazib berish istiqbollari hamda boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari xususida fikr almashildi. Bir qator oʻzaro kelishuvlarga erishildi, yetkazib berish hajmlari va muddatlari belgilandi”,-  deb yozgan “ORIENT”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер