Turkmaniston va Eron oʻrtasidagi chegara yopilishi sababli 700 ga yaqin, jumladan, 11 nafar oʻzbekistonlik haydovchi qolib ketgani tasdiqlandi
TIV 2020-yilning 7-mart kuni mamlakatimizning Tehron shahridagi Elchixonasi COVID-19 koronavirusi tarqalishini oldini olish maqsadida Turkmaniston va Eron oʻrtasidagi chegara yopilishi sababli 700 ga yaqin haydovchi, jumladan 11 nafar Oʻzbekiston fuqarolari “Lutfobod” va “Saraxs” chegara nazorat-oʻtkazish punktlarida qolib ketgani toʻgʻrisida internetda tarqalgan maʼlumotni tasdiqladi.
Elchixonaning konsullik boʻlimi 23-fevraldan buyon mazkur vatandoshlar bilan doimiy aloqada boʻlib kelmoqda. Ular transport vositalarini bojxona postlarida qoldirib vatanga qaytishni rad etishdi
Oʻzbekistonning Tehron va Ashxobod shaharlaridagi Elchixonalari vaziyatni nazoratga olgan hamda ushbu masalani hal qilish uchun Eron va Turkmanistonning tegishli organlari bilan doimiy muloqot olib bormoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring