Turkmaniston prezidentining oʻgʻli saylovda prezidentlikka nomzod sifatida koʻrsatildi
Foto: Arxiv surat
Turkmaniston rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovning oʻgʻli Serdar Berdimuhamedov 12-mart kuni boʻlib oʻtadigan saylovda respublika prezidentligiga nomzod sifatida koʻrsatilgan. Bu haqda Salam News xabar berdi.
Joriy yilning 14-fevral kuni Turkmaniston jamoat tashkilotlari markazida Turkmaniston demokratik partiyasining navbatdan tashqari IX qurultoyi boʻlib oʻtdi. Uning kun tartibiga koʻra, Turkmaniston Prezidenti lavozimiga Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari Serdar Gurbangulevich Berdimuhamedov nomzodi ilgari surildi.
Kongress ishtirokchilari Serdar Berdimuhamedovning nutqini tinglab, uning mamlakat prezidentligiga nomzodini qoʻllab-quvvatladilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring