Turkmaniston betaraflik siyosatini davom ettiradi — Serdar Berdimuhamedov

00:59 20 Mart 2022 Dunyo
1331 0

Arxiv surat

Turkmanistonning yangi prezidenti Serdar Berdimuhamedov inauguratsiya marosimida mamlakat betaraflik siyosatini davom ettirishiga vaʼda berdi. Bu haqda Turkmaniston televideniyesiga tayanib xabar bermoqda.

Uning taʼkidlashicha, Turkmanistonning betaraflik siyosati yaxshi qoʻshnichilik, oʻzaro hurmat, dunyoning barcha davlatlari bilan teng huquqlilik va oʻzaro manfaatli hamkorlikka asoslanadi.

“Mamlakatimiz betarafligining huquqiy maqomining asosiy tamoyillari, yaʼni tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, ezgu niyatga asoslangan doʻstlik va birodarlik munosabatlarini kengaytirish, dunyoda barqaror rivojlanishni taʼminlash Turkmaniston tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlari boʻladi”, dedi Berdimuhamedov.

Uning inauguratsiya marosimi 19-mart kuni Ashxoboddagi Ruxet saroyida boʻlib oʻtdi. 12-mart kuni boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari oʻtkazilgan prezident saylovida sobiq davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovning oʻgʻli Serdar Berdimuhamedov qariyb 73 foiz ovoz toʻplab, gʻalaba qozongandi. Dastlab, ovoz berish 2024-yilda oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq davlat rahbari farmoni bilan u 2022-yil bahoriga koʻchirildi.

Turkmaniston Markaziy saylov komissiyasi maʼlumotiga koʻra, saylovda ovoz beruvchilarning 97 foizi ishtirok etgan. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер