Turkiyaning kurort shahrida zilzila sodir boʻldi
Arxiv surat
Turkiyaning Antaliya kurort shahrida 4,7 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda Turkiya Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi maʼlum qildi.
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Oʻrta yer dengizidagi yer silkinishlari Kumlidja viloyati yaqinida qayd etilgan. Zilzila chuqurligi 22,35 kilometrni tashkil qilgan.
Antaliyada bundan oldingi zilzila shu yilning 7-avgust kuni qayd etilgan edi. Uning epitsentri Antaliyaning Oʻrta er dengizi sohillari yaqinida joylashgani, chuqurligi taxminan 31,89 kilometr, magnitudasi esa 4,1 tashkil etgani maʼlum qilingani edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring