Turkiyadagi maktabda otishma sodir boʻldi. Qurbonlar bor

17:51 15 Aprel 2026 Dunyo
315 0

Turkiyaning Qahramanmarash shahridagi oʻrta maktabda otishma sodir boʻldi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, mahalliy hokimiyat mazkur otishma oqibatida toʻrt kishi halok boʻlganini va 20 kishi jarohatlanganini tasdiqlagan. Voqea joyiga koʻplab tez tibbiy yordam brigadalari va xavfsizlik kuchlari yuborilgan.

“CNN Turk” telekanalining xabar berishicha, hujumni sakkizinchi sinf oʻquvchisi boʻlgan oʻsmir amalga oshirgan. Maʼlum boʻlishicha, otishma uyushtirgan oʻsmirning otasi sobiq politsiya xodimi boʻlib, u qurolni aynan otasidan oʻgʻirlab olgani taxmin qilinmoqda.

Tafsilotlarga koʻra, oʻquvchi maktabga beshta toʻpponcha va yettita qurol magazini bilan kelgan. Avval hovlida havoga oʻq uzgan, keyin esa ikkita sinfxonani oʻqqa tutgan. Dastlabki oʻq uzilgandan soʻng, darhol tez yordam xizmati chaqirilgan.

Halok boʻlganlar orasida hujumni uyushtirgan oʻsmirning oʻzi, yana ikki nafar oʻquvchi hamda bir nafar oʻqituvchi borligi taxmin qilinmoqda.

Hozirda Qahramanmarash prokuraturasi holat yuzasidan tergov boshlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер