Turkiyada yuz bergan avtobus halokatida oqibatida kamida oʻn kishi halok boʻldi
Turkiya janubi-sharqidagi Mersin viloyatida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida 39 kishi tan jarohati oldi, oʻn kishi halok boʻlgan. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Ali Еrlikaya maʼlum qildi.
Avvalroq, OAV mahalliy hokimiyat organlariga tayanib, 11 kishi halok boʻlgani va 30 dan ortiq kishi jarohat olgani haqida xabar bergan edi.
«Diyorbakirdan Istanbulga ketayotgan yoʻlovchi avtobusi, Mersin viloyatining Tarsus tumanida 2 ta yengil avtomobil va 1 yuk mashinasi bilan toʻqnashib ketdi. Afsuski, 10 kishi halok boʻldi, 39 kishi tan jarohati oldi», deydi Еrlikaya.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring