Turkiyada V asrga oid Vizantiya bronza tumor topildi
Turkiyada arxeologlar tomonidan qadimgi Vizantiya Adrianopol askariga tegishli boʻlgan V asrga oid bronza tumor topildi.
Tumorda shoh Sulaymon tasvirlangan. Ot ustidagi hukmdor jinni nayza bilan urishi aks etgan. Marjonning ikki tomonida qadimgi yunoncha yozuvlar saqlanib qolgan.
Kulon harbiy binoda topilgan va ehtimol Rim yoki Vizantiya otliq askariga tegishli boʻlgan. Buyuk sarkarda hisoblangan podshoh Sulaymonning surati koʻpincha askarlar tomonidan tumor sifatida ishlatilgan.
Arxeologlarning fikricha, 1600-yillik bu artefakt Vizantiya askarlarining diniy eʼtiqodlari va harbiy hayotiga oydinlik kiritadi. Ilgari xuddi shunday zargarlik buyumlari Quddusda topilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring