Turkiyada umumiy maydoni 5 ming kvadrat metrga teng yer osti shahri topildi
Arxiv surat
Turkiyaning Konya muzofotida quruvchilar ish vaqtida yer osti shahrini aniqladi. Bu haqda mahalliy «Anadolu» axborot agentligi xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, dastlabki maʼlumotlarga koʻra, uning umumiy maydoni 5 ming kvadrat metrga yetishi mumkin. Topilma milodiy VIII asrga oidligi aytilmoqda.
Qayd etilishicha, quruvchilar yer ostida 20 kvadrat metr maydonga ega binoni topishgan. U tunnellar tarmogʻi bilan oʻzaro bogʻlangan. Oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring