Turkiyada prokurorlar Isroil rasmiylari uchun 4 596 yilgacha qamoq jazosini talab qildi

20:17 11 Aprel 2026 Dunyo
479 0

Turkiyada prokurorlar genotsid va qator boshqa jinoyatlarda ayblanib, sirtdan hibsga olingan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu uchun umrbod qamoq jazosini talab qildi, deb xabar bermoqda Hürriyet.

Netanyahu va yana 34 nafar Isroil yuqori lavozimli mulozimlarini hibsga olish uchun order oʻtgan yilning noyabr oyida berilgan edi. Ular genotsid, Gʻazo sektoriga berilgan kuchli zarbalar va gumanitar yordam yoʻlini toʻsishda ayblanmoqda.

“Prokuratura Istanbulning ogʻir jinoyatlar boʻyicha 10-sudiga ayblov xulosasini yubordi. Unda 35 nafar ayblanuvchi, jumladan Netanyahu, Isroil mudofaa vaziri Israel Kas, uning sobiq vaziri Yoav Galant, meros ishlari boʻyicha vaziri Amixay Eliyaxu, milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir, Isroil Qurolli Kuchlari bosh shtabi boshligʻi Eyal Zamir, Harbiy-dengiz kuchlari qoʻmondoni David Saar Salamaga nisbatan umrbod qamoq va 1 102-yildan 4 596-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi talab qilingan”, — deyiladi xabarda.

Mulozimlar insoniyatga qarshi jinoyatlar, genotsid, ozodlikdan mahrum qilish, shafqatsiz muomala, zarar yetkazish, talonchilik va transport vositalarini musodara qilishda ayblanmoqda.

Qayd etish joizki, tergov harakatlari 2025-yil oktyabr oyida Isroil rasmiylari Gʻazoga insonparvarlik yordami yetkazishga uringan “Global barqarorlik flotiliyasi” faollarini hibsga olganidan keyin boshlangan edi.

Shifokorlar Isroil tomonidan ushlanib, keyinchalik Turkiyaga deportatsiya qilingan flotiliya ishtirokchilarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazgan. Tergov doirasida insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etilganiga oid dalillar toʻplangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер