Turkiyada mushaklar ishlab chiqaruvchi fabrikadagi portlash sabab 100 ga yaqin kishi jarohatlandi

13:13 04 Iyul 2020 Dunyo
1042 0

Turkiyaning shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan Sakarya viloyatidagi mushaklar ishlab chiqaruvchi fabrikada bir qator portlashlar sodir boʻldi. Bu haqda Al-Arabiya nashri xabar bermoqda.

Mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Faxriddin Kojaning soʻzlariga koʻra, hodisa natijasida 4 kishi halok boʻlgan, 100 ga yaqn kishi jarohatlangan.

Qayd etilishicha, oʻt oʻchiruvchilar mahalliy vaqt bilan soat 11:15da sodir boʻlgan birinchi portlashdan soʻng voqea joyiga yuborilgan.

Shuningdek, 85 ta “Tez yordam” mashinasi hamda ikkita vertolyot ham jalb etilgan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdoʻgʻan sogʻliqni saqlash vaziriga portlashlar sodir boʻlgan joyga shaxsan oʻzi borishi kerakligini taʼkidlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер