Turkiyada harbiy samolyot toqqa urilib, 7 kishi halok boʻldi

08:35 17 Iyul 2020 Dunyo
1394 0

Turkiya ichki ishlar vazirligiga qarashli harbiy razvedka samolyoti Van viloyatida halokatga uchradi. Hodisada yetti kishi, jumladan, ikki uchuvchi halok boʻldi.

Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluning maʼlum qilishicha, halokat 15-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat kechki oʻn birlarda sodir boʻlgan. Van va Haqqari viloyatlarida kuzatuv ishlarini amalga oshirgan samolyot dengiz sathidan 2200 metr balandlikda, Artos togʻiga urilgani aniqlandi.

Bortdagilardan hech biri tirik qolmagan, ularning barchasi harbiylar edi.

Samolyot uchuvchilari oxirgi marta soat 22:32 da aloqaga chiqqan, soat 22:45 da esa radardan gʻoyib boʻlgan, uchuvchilar bilan aloqa oʻrnatishning iloji boʻlmagan.

Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu zudlik bilan Vanga yetib borgan. Ayni damda surishtiruv va tergov ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер