Turkiya va Suriyadagi zilzilalar qurbonlari soni 16 mingdan oshdi
Foto: AP
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan mamlakat janubi-sharqida va qoʻshni Suriyada sodir boʻlgan bunday dahshatli zilzilaga tayyorgarlik koʻrishning iloji yoʻqligini aytdi.
Ikki mamlakatda qurbonlar soni allaqachon 16 ming kishidan oshgan.
Xususan, Turkiyada tabiiy ofat oqibatida 12 873 kishi hayotdan koʻz yumgan, 62 937 nafar odam tan jarohati olgan. CNN telekanali maʼlumotlariga koʻra, Suriyada qurbonlar soni 3162 kishiga yetgan, shundan 1900 nafari isyonchilar nazorati ostidagi hududlarda qayd etilgan.
Shu oʻrinda tabiiy ofatni bartaraf etishlari harakatlari sustligi bois Turkiya prezidentini Erdogʻan tanqid ham qilinmoqda. Ularga koʻra, rasmiylar kataklizmga juda sekin munosabatda boʻlgan va ular bunga yaxshi tayyorgarlik koʻrmagan.
Oʻz navbatida, Turkiya rahbari “baʼzi muammolar” borligini tan olgan, biroq hozir, uning soʻzlariga koʻra, vaziyat nazorat ostida.
Mamlakatdagi eng yirik muxolifat partiyasi yetakchisi Kamol Qilichdarogʻlu esa uning fikriga qoʻshilmagan.
«Agar buning uchun bir nafar masʼul shaxs boʻlsa, u ham Erdogʻandir», deydi Qilichdaroʻgʻli.
Erdogʻanning aytishicha, hozirgi sharoitda oʻzaro ayblovlar emas, birdamlik kerak.
«Bunday bir paytda men kimningdir oʻz siyosiy manfaatlari yoʻlida negativ piar qilishiga chiday olmayman», dedi prezident.
Odamlar uchinchi kechadirki vayronalar ostida qolmoqda, zarar koʻrgan hududlarda havo harorati noldan past, shuning uchun kimnidir tiriklayin chiqarishga umid kamayib borayotir.
Qolaversa, omon qolganlar uy-joylarini yoʻqotgan, ular koʻchalarda tunab qolishgan.
“Agar siz qutqaruvchilar kabi tez harakat qilmasangiz, tabiiy ofatdan koʻra koʻproq odamlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan ikkilamchi haqiqiy xavf bor”, deydi Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining zilzila oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha menejeri Robert Xolden.
Qoʻshni Suriyada esa vaziyat bundan ham ogʻirroq. Zilziladan oldin Turkiya bilan chegarada yagona Bab al-Hava nazorat punkti ochiq edi. Endi u ham yopiq, chunki unga olib boradigan yoʻllar oʻtib boʻlmaydigan holga kelgan.
BMT yoʻllar tez orada taʼmirlanishiga umid qilmoqda. Turkiya rasmiylari ham tez orada yana ikkita nazorat punkti ochishlarini aytishmoqda.
Suriya shimolida Asad rejimi emas, balki muxolifat nazorati ostidagi oxirgi anklav qolmoqda. Koʻp yillik fuqarolar urushi natijasida vayron boʻlgan. Zilziladan soʻng vayronalar yanada koʻpaygan.
Asadga yaqinlariga koʻra, Gʻarbning amaldagi hukumatga qarshi sanksiyalari tabiiy ofatni yanada kuchaytirmoqda.
“Bizda buldozerlar, kranlar, neft yetishmayapti, hammasi Yevropa va Amerika sanksiyalari tufayli”, deydi Bashar al-Assadning maslahatchisi Butaina Shabaan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring