Turkiya va Suriyadagi zilzila qurbonlari soni 50 mingdan oshishi mumkin — BMT

00:24 13 Fevral 2023 Dunyo
1037 0

Фото: Reuters

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bosh kotibining gumanitar masalalar boʻyicha oʻrinbosari Martin Griffits Turkiya va Suriyadagi zilzila qurbonlari soni bugungi kunga nisbatan ikki baravar oshishi mumkinligini aytdi. 

Ayni paytda Turkiyada halok boʻlganlar soni 29 605 kishini, Suriyada Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra 8,5 mingga yaqin kishini tashkil etmoqda.

Griffitsning soʻzlariga koʻra, hozirgi vaziyatni toʻgʻri baholash qiyin, chunki binolar vayronalarini toʻliq tekshirish va qurbonlar sonini hisoblash zarur.

“Ammo ishonchim komilki, bu ikki baravar koʻpayadi yoki undan ham sezilarli darajada oshadi. Bu dahshatli. Tabiat juda shafqatsiz tarzda zarba beradi. Bu vayronalar togʻlari hali ham odamlarni ushlab turishi, ularning baʼzilari hali ham tirikligi haqida oʻylash dahshat”, deydi Griffits.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер