Turkiya va Xitoyning yirik energetika kompaniyalari Oʻzbekistonda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini quradi

14:17 27 Dekabr 2022 Iqtisodiyot
931 0

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro tender savdolari yakunlanib, gʻolib kompaniyalar aniqlandi.

Unga koʻra, Turkiyaning “ŞA-RA ENERJĪ Īnşaat, Ticaret ve Sanayi A.Ş» kompaniyasi uzunligi 213 km boʻlgan 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish boʻyicha tender gʻolibi deb topildi.

Shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasining “Xian Electric Engineering Co., Ltd” kompaniyasi uzunligi 72 km boʻlgan 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish boʻyicha gʻolib deb topildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер