Turkiya Isroilning BMTga aʼzoligini toʻxtatib turishga chaqirdi
Turkiya parlamenti raisi Numan Qurtulmush Isroilning falastinliklarga nisbatan yuritayotgan siyosati sababli uning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi (BMT) aʼzoligini toʻxtatib turishga chaqirdi, deb xabar bermoqda TASS.
Qurtulmush Isroil rasmiylari falastinliklar ustidan sud qilish tartiblarini oʻzgartirib, hukm chiqarish huquqini harbiy sudlarga topshirganini qayd etdi.
“Harbiy sudlar tomonidan chiqarilgan bunday oʻlim jazolarini qanday qilib haqiqiy deb hisoblash mumkin? Bitta mamlakatda falastinliklarga nisbatan bir qonunni, isroilliklarga nisbatan esa boshqa qonunni qoʻllash — aparteid emasmi? Janubiy Afrikaning BMTga aʼzoligi oʻz vaqtida aparteid rejimi tufayli toʻxtatib qoʻyilgani kabi, bugun Isroilning BMTdagi aʼzoligi ham toʻxtatilishi va uning aparteid rejimiga chek qoʻyilishi kerak”, — dedi spiker Istanbulda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi sessiyasining ochilishida soʻzlagan nutqida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring