Turkiya behisidan yurtimizda moʻl hosil olish mumkinmi?!

17:49 24 Sentyabr 2020 Iqtisodiyot
1372 0

Quva tumanida joylashgan tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi tasarrufidagi 6 gektar behizor ijara asosida mirishkor bogʻbonlarga ajratib berilgan.

Bu bogʻda sharbatga toʻlib pishgan 400-500 tonna behi Rossiyaga eksport qilinib, bir gektar yerdan 200-250 million soʻmgacha daromad olinmoqda.

Markaz rahbari Zafarjon Mamasoliyev joriy yilning fevral oyida Turkiyada bogʻdorchilik tajribasini oʻrganib, 1250 tup behi koʻchati olib keldi va 2 gektar yerda intensiv bogʻ yaratildi. Turkiyalik hamkorlar bilan birgalikda 2021-yilda markaz qoshida jahon andozalariga mos laboratoriya va mevani qayta ishlash sexi barpo etish rejalashtirilgan.

— Turkiya behi navi mahalliy navlarimizga nisbatan kasallikka kam chalinadi, juda ham serhosil,  —deydi Z.Mamasoliyev. — Eksportbopligi tufayli kelajakda xuddi gilos, shaftoli, oʻrik singari behidan ham katta daromad olish mumkin.

B. Madiyorov,
“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер