“Turkiston” metro bekatida tutun chiqdi
Toshkentdagi “Turkiston” metro bekatida tutun paydo boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, voqea joriy yilning 14-yanvar kuni soat 18:12 da sodir boʻlgan. Tutunga elektr tokining qisqa tutashuvi sabab boʻlgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda xavfni bartaraf etdi.
Qayd etilishicha, qurbonlar yoʻq, hozirda metro harakati reja boʻyicha davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring