Turkiy davlatlar parlamentlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi doirasida parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Assambleya doirasida Turkiy davlatlar parlamentlari rahbarlarining birinchi norasmiy uchrashuvi ham boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston delegatsiyasi faol ishtirok etdi.
Uchrashuv chogʻida Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida davlat rahbarlari oʻrtasida shakllangan samarali hamkorlik natijasida iqtisodiy rivojlanish, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish hamda madaniy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan qator tashabbuslar amalga oshirilayotgani qayd qilindi.
Ishtirokchilar parlamentlarning ushbu jarayondagi oʻrni va ahamiyatiga alohida toʻxtalib oʻtdi. Xususan, qonunchilik bazasini takomillashtirish, qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini taʼminlash orqali hamkorlikni yanada kuchaytirishda parlamentlar muhim oʻrin tutayotgani hamda xalq vakillik organlari sifatida ushbu jarayonlarni ragʻbatlantirish va barqaror taraqqiyotni taʼminlashda muhim institut sifatida namoyon boʻlayotgani taʼkidlandi.
Oʻzbekiston tomoni turkiy davlatlar oʻrtasida parlamentlararo muloqotni yanada rivojlantirish, qonunchilik faoliyatini muvofiqlashtirish, taʼlim, fan, madaniyat va iqtisodiy hamkorlik sohalarida qoʻshma tashabbuslarni ilgari surish hamda ilgʻor tajribalar bilan oʻzaro oʻrtoqlashishga tayyor ekanini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring