Tumanda tadbirkorlik infratuzilmasini yaxshilashga 60 milliard soʻm mablagʻ ajratiladigan boʻldi

15:05 14 Mart 2024 Siyosat
451 0

Sirdaryoning Sayxunobod tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Tumanda tadbirkorlik infratuzilmasini yaxshilashga 60 milliard soʻm mablagʻ ajratiladigan boʻldi. Mutasaddilarga tadbirkorlarning infratuzilma bilan bogʻliq masalalarni hal qilish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Sayxunobod hududidan oʻtgan A-373 avtomobil yoʻlidan har kuni 20 mingdan ziyod avtomobil oʻtadi.

Bu imkoniyatni ishga solish uchun “Oʻrikzor”, “Guliston”, “Nurli yoʻl”, “Baxmalsoy”, “Farovon” mahallalaridagi 9 gektar maydonda 40 ta xizmat koʻrsatish obyekti, 1 ta mehmonxona va 1 ta logistika markazi ishga tushiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер