Sukerberg “Facebook“, ”Instagram“ va ”WhatsApp” faoliyatidagi uzilishlar tufayli bir necha milliard dollar yoʻqotdi

00:57 05 Oktyabr 2021 Dunyo
1235 0

Foto: Reuters

"Facebook“ bosh direktori Mark Sukerberg ”Facebook“, ”Instagram“ ijtimoiy tarmoqlari, shuningdek ”WhatsApp“ messenjeri faoliyatidagi uzilishlar tufayli 6,6 milliard dollar yoʻqotgan. Bu haqda ”Forbes" nashri xabar bermoqda.

Milliarder, shuningdek, xizmatlari buzilganidan soʻng sayyoramizning eng boy odamlari roʻyxatida oltinchi oʻringa tushib ketdi. NASDAQ fond birjasining maʼlumotlariga koʻra, Toshkent vaqti bilan 00:00 holatiga koʻra, “Facebook” aksiyalari deyarli 20 dollarga (5,63 foiz) arzonlashgan.

4-oktyabr butun dunyo boʻylab “WhatsApp“ messenjeri, shuningdek, ”Facebook“ va ”Instagram” ijtimoiy tarmoqlari ishidagi uzilishlar haqida xabarlar paydo boʻldi. 

Minglab foydalanuvchilar ilovalarga kira olishmayotganidan shikoyat qila boshladi. Shundan soʻng kompaniya muammolarni bartaraf etish ustida ish olib borilayotganini aytdi.  

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер