Oʻzbekistonda sement narxi arzonlashishi kutilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasining muhokamasi ham qizgʻin kechdi.
Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining bir qator moddalariga qoʻshimcha kiritish taklif qilinmoqda.
Xususan, kodeksning 337 va 452-moddalariga 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab sement (klinker) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi korxonalarga belgilangan 20 foizlik foyda soligʻi stavkasini 15 foizga pasaytirish, 2022-yil 1-yanvardan boshlab esa sement ishlab chiqarishga moʻljallangan 1 tonna ohaktosh uchun yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini ikki baravarga kamaytirish taklif qilinmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda qurilish materiallari isteʼmolchilari boʻlgan aholining daromadlari oshishiga xizmat qiladi.
Qizgʻin muhokamalardan soʻng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring