Transafgʻon temir yoʻli qurilishi loyihasi muhokama etildi
Joriy yilning 6-fevral kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston, Afgʻoniston, Pokiston va Qatar transport vazirliklari va temir yoʻl maʼmuriyati rahbariyati ishtirokida toʻrt tomonlama uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvda transafgʻon temir yoʻli qurilishi loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama etildi. Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo mintaqasida transport aloqalari va savdo munosabatlarini rivojlantirishda ushbu loyihaning amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Muzokaralarda delegatsiyalar loyihaning turli jihatlarini, jumladan, moliyalashtirish mexanizmlari, qurilish masalalari, texnik tafsilotlarni muhokama etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring