Tramp va uning eng yaqin maslahatchilaridan biri koronavirusga chalindi
AQSH prezidentining eng yaqin maslahatchilaridan biri(u ayol kishi) koronavirusga chalindi, deb xabar berdi Blumberg.
U seshanba kuni boʻlib oʻtgan debatlarga hamda chorshanba kuni Minnesotada tashkil etilgan mitingga Tramp bilan birga borgan edi. Davlat rahbarining oʻzida kasallikning hech qanday alomatlari sezilmagan, deya qoʻshimcha qilgan axborot agentligi.
Tramp ham yordamchisi koronavirusga chalinganini tasdiqlagan.
U oʻzi hamda mamlakatning birinchi xonimi "Covid-19"ga test topshirganini bildirgan.
“Karantinga oʻtishimiz kerakmi-yoʻqmi, buni bilmayman”, degan Tramp.
Keyinroq davlat rahbari va uning turmush oʻrtogʻi tahlil natijalari chiqqunga qadar karantinga ketishi maʼlum boʻldi.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, AQSH prezidenti Donald Trampning oʻzida ham koronavirus aniqlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring