Tramp Nobel mukofotiga nomzod sifatida koʻrsatildi
Yevropa Parlamenti deputati Yaak Medison AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampni tinchlik uchun Nobel mukofotiga nomzod sifatida koʻrsatdi.
Medisonning aytishicha, Tramp soʻnggi 30 yil ichida AQSHning yangi urushlarni boshlamagan birinchi prezidenti boʻlgan. Bundan tashqari, u dunyoning ayrim mintaqalarida tinchlik va barqarorlikni taʼminlashga yordam bergan bir qator shartnomalarni imzolagan. Deputatning taʼkidicha, bunga arab davlatlari va Isroil oʻrtasidagi munosabatlarni normallashtirish boʻyicha kelishuvlarni misol sifatida koʻrsatish mumkin.
“Nobel mukofotiga nomzodlar Yevropa parlamenti aʼzolari tomonidan ham koʻrsatilishi mumkinligi bois men bu imkoniyatdan foydalandim”, deb yozgan Medison oʻzining “Feysbuk”dagi sahifasida.
2020-yilning 11-sentyabr kuni AQSH va Serbiya prezidentlari maʼmuriyatlari hamda Kosova hukumati Trampni tinchlik uchun Nobel mukofotiga nomzod sifatida koʻrsatgan edi. Oʻshanda tashabbus mualliflari AQSH prezidenti Isroil va Birlashgan Arab Amirliklarini yarashtirgani, Serbiya va qisman tan olingan Kosovo respublikasi oʻrtasidagi munosabatlarni normallashtirgani uchun mukofotlanishi kerak, deb hisoblashishini bildirgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring